EPTA PSO
Mochevinaga asoslangan liniya kerato-tiklovchi va yaxshilovchi ta’sirga ega bo‘lib, terining qurishi va giperkertotik patologiyalarni oldini olish hamda davolash uchun kosmetik vosita sifatida mo‘ljallangan.
Mochevinaning turli konsentratsiyadagi shakllari tufayli, EPTA PSO liniyasi turli kelib chiqishga ega giperkertozni individual yondashuv bilan davolash imkonini beradi.
  • EPTA PSO Shampoo – Yangi mahsulot!
    EPTA PSO shampuni – bu teri qichishishi, qizarishi va qobiq to‘kilishini kamaytiruvchi maxsus kosmetik vosita. U qobiqchalarni yumshoq tozalashga yordam beradi, teri po‘stlanishini normallashtiradi va bosh terisi holatini yaxshilaydi. Alohida yoki boshqa muolajalar bilan birgalikda qo‘llanilganda, EPTA PSO shampuni qaytalanishning oldini olishda ideal yordamchidir.

    Qo‘llash usuli: EPTA PSO shampunini haftasiga 3–4 marta nam bosh terisi va sochlarga surting va engil massaj qiling. 3 daqiqa qoldiring, so‘ng yuvib tashlang. Ko‘zga tegib ketsa, ko‘p suv bilan yuvib tashlang.
  • EPTA PSO 10
    Juda quruq teri uchun mo‘ljallangan emulsiya. Teri po‘stlanishini kamaytiradi, qizarish va qichishishni yengillashtiradi. Uzoq muddatli namlik bilan ta’minlaydi, teriga elastiklik va qulaylikni qaytaradi. Butun tana (qo‘l, oyoq, tananing boshqa qismlari) uchun mos keladi.

    Qo‘llash usuli: EPTA PSO 10 emulsiya vositasini kun davomida bir necha marta zararlangan joylarga engil massaj harakatlari bilan surting.
  • EPTA PSO 50 PLUS
    Terining qalinlashgan joylari (to‘piq, tirsak, tizza, tirnoq) uchun kuchli keratolitik ta’sirga ega krem. 50% mochevina blyashka va kalluslarga ta’sir qilib, terini silliq va yumshoq qiladi. Yumshoq teksturasi tufayli vositani aniq va oson qo‘llash mumkin. Dermatologik testdan o‘tgan.

    Qo‘llash usuli: EPTA PSO 50 PLUS ni har kuni zararlangan joylarga (to‘piq, tirsak, tizza, tirnoq) engil massaj harakatlari bilan surting. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi.
  • EPTA PSO NAILS
    Tirnoqlarni mustahkamlovchi vosita. Tirnoq va kutikulani mustahkamlovchi va himoyalovchi vosita. Maxsus tarkibi tufayli tirnoqlarda ko‘rinmas himoya qatlamini hosil qiladi.
    Qo‘llash usuli: Har kuni tirnoq va uning atrofidagi teriga surting. Tez quriydi. Ko‘zga tegib ketsa, suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
  • EPTA PSO CLEANSING
    Tozalovchi emulsiyaTana va bosh terisidagi po‘stlanish va eritemali o‘zgarishlar uchun namlovchi, tinchlantiruvchi va tozalovchi emulsiya. Teri silliqligini yaxshilaydi, qichishishni kamaytiradi, teri tarangligini yo‘qotadi va soch tuzilishini yaxshilab, tarashni osonlashtiradi. Dermatologik davolash uchun yordamchi vosita sifatida ishlatiladi.

    Qo‘llash usuli: EPTA PSO Cleansing ni massaj harakati bilan teriga surting, so‘ng yuvib tashlang. Ko‘zga tegib ketsa, ko‘p suv bilan yuvib tashlang.