EPTA DS
EPTA DS liniyasi — bu murakkab formulasi tufayli terining ortiqcha yog‘ ajralishini nazorat qilish, qichishish va qizarishni tinchlantirish, shuningdek, qobiqchalarni yo‘qotishga yordam berishga qodir bo‘lgan vositalar to‘plamidir.
  • EPTA DS Cleansing
    Har kungi gigiyenik parvarish, terining yog‘ bilan ifloslangan va tirnashgan joylarida (burun yonlari, qoshlari, peshona, iyak) qizarish va lokal qobiqchalanishga moyil joylarini tozalaydi va tinchlantiradi.

    Qo‘llash usuli: EPTA DS Cleansing ni nam teriga surting, bir necha daqiqa davomida massaj qiling va qoldiring. So‘ngra ko‘p miqdorda suv bilan yuving va ehtiyotkorlik bilan quriting. Ko‘zga tushib qolsa, yaxshilab yuving.
  • EPTA DS Shampoo
    EPTA DS Shampuni – bu bosh terisidagi seboreya va qobiqchalanishlarni davolash uchun ishlab chiqilgan. Swiss Glaciers suvi, Oktopiroks va boshqa faol komponentlar asosidagi murakkab formulasi terining ortiqcha yog‘ ajralishini neytrallaydi, qobiqchalanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, bosh terisidagi qizarish va qichishishni kamaytiradi.

    Qo‘llash usuli: EPTA DS Shampoo ni bosh terisiga surtib, ko‘pik hosil bo‘lguncha massaj qiling. 3 daqiqa qoldiring, so‘ng yuving. Ko‘zga tushib qolsa, darhol ko‘p miqdorda suv bilan yuving. Dastlabki belgilar (qichishish, qobiqchalanish va boshqalar) paydo bo‘lganda har kuni qo‘llang. Davolash davrida haftasiga 3 marta ishlatish tavsiya etiladi.
  • EPTA DS Cream
    EPTA DS kremi yuzdagi seboreya va qobiqchalanishlarni kosmetik davolash uchun ishlab chiqilgan. Swiss Glaciers suvi, Oktopiroks va boshqa maxsus faol komponentlar kombinatsiyasiga asoslangan murakkab formulasi terining ortiqcha yog‘ini neytrallaydi, qobiqchalanish va qizarishni nazorat qiladi.

    Qo‘llash usuli: EPTA DS kremni kuniga ikki marta muammoli joylarga engil massaj harakatlari bilan surting. Parvarish uchun haftasiga uch marta qo‘llang. Ko‘zga tushib qolsa, darhol yaxshilab yuving.
  • EPTA DS Spray
    EPTA DS sprey — bu bosh terisi, sochli joylar va katta teri maydonlarida seboreyik-qobiqchalanish kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan kosmetik vosita. Sprey EPTA DS ortiqcha yog‘ ajralishini nazorat qiladi, keratoregulyatsion ta’sir ko‘rsatadi va qizarishni kamaytiradi.

    Qo‘llash usuli: EPTA DS spreyini kuniga ikki marta zararlangan joylarga to‘rt hafta davomida surting. Parvarish uchun haftasiga uch marta qo‘llang. Ko‘zga tushib qolsa, darhol yaxshilab yuving.